O‘zbekchaРусскийEnglish

Humo Pharm sahifasiga qaytish

Orakar — sirop, Humo Pharm
Orakar — sirop, Humo Pharm

sirop

Orakar

Metabolizmga qarshi vosita

Ishlab chiqaruvchi
Humo Pharm
Qadoq hajmi
100 ml
Bu mahsulot haqida so‘rash

Preparat haqida

ORAKAR

L-KARNITIN

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

Preparatning savdo nomi:

Orakar

Dori shakli:

Ichish uchun eritma.

10 ml eritma tarkibi:

Faol modda:

Levokarnitin — 1 g

Yordamchi moddalar:

70% sorbitol eritmasi, metilparaben E 218, saxarin natriy, suvsiz natriy sitrati, xushbo‘y modda, xlorid kislotasi, tozalangan suv.

Farmakoterapevtik guruhi:

Metabolik vosita.

Farmakologik xususiyatlari:

Levokarnitin — aminokislota hosilasi bo‘lib, lipidlar almashinuvi va organizmdagi energetik almashinuvni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. U yog‘ kislotalarining mitoxondriyalarga kirishiga yordam beradi. Levokarnitin organizmga yog‘lardan energiya manbai sifatida samarali foydalanishga yordam beradi, bu esa, xususan, yurak va skelet mushaklari kabi yuqori energetik ehtiyojga ega to‘qimalarning normal faoliyati uchun muhim. Preparat jismoniy chidamlilikni oshiradi, intensiv yuklamalardan keyin tiklanishga yordam beradi, charchoqni kamaytiradi va almashinuv jarayonlarining normallashishini qo‘llab-quvvatlaydi. Yurak-qon tomir tizimining faoliyatini yaxshilashda va asab tizimining normal ishlashini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Qo‘llanilishi:

• Organizmdagi almashinuv jarayonlarini yaxshilash.

• Jismoniy yoki aqliy zo‘riqishda tiklanishga yordam berish.

• Charchoqni kamaytirish va chidamlilikni oshirish.

• Karnitin yetishmasligi bilan bog‘liq holatlarni davolash va oldini olish.

• Yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlash.

• Energetik almashinuv bilan kechuvchi kasalliklarda energiyani tiklash.

Qo‘llash usuli va dozasi:

Ichga. Ishlatishdan oldin flakonni chayqating. Ovqatdan 30 daqiqa avval 100 ml qaynatib sovutilgan suvga aralashtirib ichish lozim.

• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: kuniga 100 mg/kg.

• Kattalarga va 12 yoshdan katta bolalarga: kuniga 2 g (20 ml).

Nojo‘ya ta’sirlari:

Allergik reaksiyalar preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

• Preparat ingredientlarini o‘zlashtira olmaslik (shaxsiy toqatsizlik).

• Buyraklar faoliyatining og‘ir buzilishlari (buyrak yetishmovchiligi).

• Homiladorlik va laktatsiya davri (faqat shifokor tavsiyasi bilan).

Dorilarning o‘zaro ta’siri:

Aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar:

Maxsus ehtiyotkorliklar yo‘q.

Preparat transport va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi:

Aniqlanmagan.

Doza oshirib yuborilgan hollarda davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli:

Flakon 200 ml, tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti:

25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati:

1 yil.

Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dorixonalarda berilish tartibi:

Retseptsiz.

Ishlab chiqaruvchi:

«Humo Farm Laboratories» MChJ, Andijon viloyati, Andijon sh., Shimoliy Sanoat ko‘chasi № 7.