O‘zbekchaРусскийEnglish

Humo Pharm sahifasiga qaytish

Anuzol — sprey, Genius Pharm
Anuzol — sprey, Genius Pharm

sprey

Anuzol

Asosan ginekologiyada qo'llaniladigon vosita

Ishlab chiqaruvchi
Genius Pharm
Qadoq hajmi
50
Bu mahsulot haqida so‘rash

Preparat haqida

ANUZOL

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

Preparatning savdo nomi: Anuzol

Dori shakli: sprey

Tarkibi:

Faol moddalar:

·        Safora ildizi (Radix Sophora) — 120 mg

·        Za’faron krokusi (Safranum Crocus) — 30 mg

·        Yalpiz ildizi (Radix Mentha Piperita) — 120 mg

·        Oq pion ildizi (Radix Alba Peony) — 60 mg

·        Qizilmiya ildizi (Radix Glycyrrhiza) — 20 mg

·        Fellodendron (Phellodendron) — 20 mg

·        Shalfey ildizi (Radix Salvi Officinalis) — 40 mg

·        Chakanda moyi (Olei Hippophae) — 2 g

Farmakoterapevtik guruhi:

Asosan ginekologiyada qo‘llaniladigan vosita.

Farmakologik xususiyatlari:

Safora ildizi (Radix Sophora) — tarkibida rutin, kemferol-3-soforozid, kversetin-3-rutinozid, genistein-4-soforabiozid va flavon glikozidlarini tutadi. Antimikrob ta’sir ko‘rsatadi va regeneratsiyani rag‘batlantiradi.

Za’faron krokusi (Safranum Crocus) — tarkibida ko‘plab komponentlar: safranal, krotsetin, boshqa glikozidlar, saxaridlar, flavonoidlar, A, C va B guruhi vitaminlari, pinen, sineol, karotinoidlar, boshqa uglevodlar, temir, kaliy, rux, selen, magniy, kalsiy va marganes mavjud. Kichik chanoq a’zolaridagi spazm va dimlanishlarni bartaraf etadi, qon bilan ta’minlanishni yaxshilaydi va mahalliy immunitetni oshiradi. Natijada siydik-tanosil a’zolari tizimi faoliyati normallashadi; ayollarda bachadon naylarining o‘tkazuvchanligi ortadi.

Yalpiz ildizi (Radix Mentha Piperita) — ko‘plab biologik faol moddalarni saqlaydi: fitonsidlar kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarning ko‘payishini to‘xtatadi; mentol antiseptik va anestetik sifatida ta’sir qiladi; efir moylari tomirlarni kengaytiradi va spazmolitik hamda yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi; rutin tomirlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi; A, B, C, D vitaminlari immunitetni mustahkamlaydi; taninlar jarohatlarni zararsizlantiradi va shilliq qavatlarning yallig‘lanishiga qarshi kurashadi. Boy tarkibi tufayli yalpiz antiseptik, yallig‘lanishga qarshi, tinchlantiruvchi va tomirlarni kengaytiruvchi xususiyatlarga ega.

Oq pion ildizi (Radix Alba Peony) — tarkibida teofillin, kofein va shunga o‘xshash birikmalar saqlaydi. Ushbu moddalar kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarni yo‘q qilishga va viruslarning organizmda ko‘payishini oldini olishga yordam beradi. Natijada organizmning yallig‘lanishga va viruslarga qarshi faolligi ortadi hamda mavjud yallig‘lanish jarayonlari susayadi.

Fellodendron (Phellodendron) — shifobaxsh xususiyatlari o‘simlikning kimyoviy tarkibidagi moddalar bilan bog‘liq. Tarkibida flavonoidlar, katexinlar, taninlar, pektinlar, B guruhi vitaminlari, askorbin kislotasi va mikroelementlar mavjud. Asosiy xususiyatlari: yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, jarohat bitkazuvchi, antioksidant va immunitetni mustahkamlovchi ta’sir.

Shalfey ildizi (Radix Salvi Officinalis) — tarkibida efir moylari, taninlar, ursol, oleanol va xlorogen kislotalari, vitamin P, nikotin kislotasi, fitonsidlar va boshqa biologik faol birikmalar mavjud. Mahalliy antibakterial, yallig‘lanishga qarshi va burishtiruvchi xususiyatga ega.

Chakanda moyi (Olei Hippophae) — turli sabablar (jarohat, kuyish, yaralar, nurlanish) tufayli teri va shilliq qavatlar zararlanganda reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi. Umumiy quvvatlovchi ta’sir ko‘rsatadi, antioksidant va sitoprotektor xususiyatlarga ega. Erkin radikallanish jarayonlari jadalligini kamaytirib, hujayra qobiqlarini zararlanishdan himoya qiladi. Farmakologik ta’siri karotin (A provitamini), tokoferollar (E vitamini) va boshqa lipofil moddalar mavjudligi bilan bog‘liq.

Farmakokinetikasi:

Xalqaro konvensiyaga ko‘ra (EMEA/HMPWG/11/99), o‘simliklardan tarkib topgan preparatlarning klinik tadqiqotlari o‘tkazilganda alohida farmakokinetik parametrlarini tekshirish talab qilinmaydi.

Qo‘llanilishi:

·        Nospetsifik vaginit, bakterial vaginoz va trixomonadali vaginitda mahalliy davolash sifatida.

·        Candida oilasiga mansub xamirturushsimon zamburug‘lar keltirib chiqaradigan genital infeksiyalar (kandidoz vulvovaginit).

·        Ayollarning jinsiy a’zolaridagi quruqlik, ta’sirlanish va yallig‘lanishda.

·        Ginekologik muolajalar va jarrohlik amaliyotlaridan keyin qo‘llash mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari:

Sirtga, qin ichiga, uretra ichiga. Qo‘llashdan avval flakonni chayqatish zarur. Qo‘llash vaqtida flakon tik (vertikal) holatda ushlanishi kerak.

Sirtga qo‘llanilganda preparat zararlangan teri yuzasiga 4–5 sm masofadan dozali pompanı 1–2 marta bosish orqali sepiladi, kuniga 2 mahal.

Qin ichiga qo‘llanilganda nasadka qin ichiga kiritiladi va dozali pompani 1–2 marta bosish orqali preparat sepiladi, kuniga 2 mahal. Bu optimal terapevtik doza hisoblanadi.

Davolash simptomlar yo‘qolgunga qadar davom ettiriladi, davolash kursining maksimal davomiyligi 10 kundan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta’sirlari:

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Preparat ingredientlarini individual o‘zlashtira olmaslik. 18 yoshgacha bo‘lgan davr. Homiladorlik va laktatsiya davri.

Dorilarning o‘zaro ta’siri:

Maxsus ehtiyotkorliklar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar:

Maxsus ehtiyotkorliklar yo‘q. Preparat transport vositalarini va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi:

Aniqlanmagan. Doza oshirib yuborilgan hollarda davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli:

50 ml flakonda, tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti:

25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati:

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dorixonalarda berilish tartibi:

Retseptsiz.

Ishlab chiqaruvchi:

«GENIUS PHARM» MChJ, Andijon viloyati, Andijon sh., Shimoliy Sanoat ko‘chasi № 7.