O‘zbekchaРусскийEnglish

Humo Pharm sahifasiga qaytish

Baby Vir — in’ektsiya, Union Farm
Baby Vir — in’ektsiya, Union Farm

in’ektsiya

Baby Vir

Immunostimullovchi va virusga qarshi vosita.

Ishlab chiqaruvchi
Union Farm
Qadoq hajmi
10
Bu mahsulot haqida so‘rash

Preparat haqida

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA

BABY VIR

Preparatning savdo nomi: Billiferon
Dori shakli: suppozitoriy

1 ta suppozitoriy tarkibi:

Faol moddalar:

·        Interferon alfa — 150 000 XB

·        Taurin — 0,005 g

Yordamchi moddalar: qattiq yog‘ (2,0–3,0 g gacha)

Farmakoterapevtik guruhi:

Immunostimullovchi va virusga qarshi vosita.

Farmakologik xususiyatlari:

Interferon alfa tabiiy sitokin bo‘lib, tug‘ma immunitetning asosiy omillaridan biridir. U makrofaglarning fagotsitar faolligini faollashtiradi, T-limfotsitlar va tabiiy killer hujayralarning funksional faolligini kuchaytiradi, endogen himoya oqsillari ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.

Interferon virus oqsillari sintezini ingibitsiyalash hisobiga viruslar replikatsiyasini susaytiradi va organizmda virus infeksiyasining tarqalishiga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, u hujayralarning virus agentlari kirishiga chidamliligini oshiradi va munosib immun javobning shakllanishiga yordam beradi.

Taurin biologik faol aminokislota bo‘lib, kuchli sitoprotektorlik va antioksidantlik xususiyatlariga ega. U hujayra membranalarini barqarorlashtiradi, erkin radikallarning shikastlovchi ta’sirini kamaytiradi va yallig‘lanish jarayonlari natijasida shikastlangan to‘qimalarning tiklanishiga yordam beradi.

Taurin interferon ta’sirini kuchaytirib, uning biologik faolligini yaxshilaydi, shuningdek, hujayralardagi almashinuv jarayonlarini normallashtirishga va yallig‘lanish reaksiyalarining og‘irligini kamaytirishga yordam beradi.

Moychechak ekstrakti yallig‘lanishga qarshi, antiseptik va yengil sedativ ta’sirga ega. U shilliq qavatlarning ta’sirlanishini kamaytiradi; mahalliy yallig‘lanish reaksiyalarining namoyon bo‘lishini pasaytiradi va og‘riq sezgilarini kamaytirishga yordam beradi. Moychechakning biologik faol moddalari to‘qimalar holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va organizmning himoya mexanizmlarini kuchaytiradi.

Kedr moyi biologik faol lipidlar va vitaminlar manbai bo‘lib, shilliq qavatlarning tiklanishi va mustahkamlanishiga yordam beradi, yumshatuvchi va tiklovchi ta’sirga ega. Mahalliy immunitetni yaxshilaydi, bitish jarayonlarini tezlashtiradi va ikkilamchi yallig‘lanish asoratlari rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Qo‘llanilishi:

Quyidagi bolalar kasalliklarida kompleks terapiya tarkibida qo‘llaniladi:

·        O‘tkir respirator virusli infeksiyalar

·        Gripp

·        Gerpes virusli infeksiyalar

·        Virusli ichak infeksiyalari

·        Nafas olish yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari

·        Tez-tez shamollash

·        Immuniteti zaiflashgan holatlar

·        Infeksiyadan keyingi tiklanish davrida

Qo‘llash usuli va dozalari:

Rektal. Ichak bo‘shaganidan so‘ng qo‘llanilishi kerak. Suppozitoriy kiritishdan oldin yotib olish tavsiya qilinadi.

·        6 oydan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 suppozitoriydan kuniga 1 mahal.

·        3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 suppozitoriydan kuniga 1–2 mahal.

·        7 yoshdan katta bolalar: 1 suppozitoriydan kuniga 2 mahal.

Nojo‘ya ta’sirlari:

Allergik reaksiyalar preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Preparat ingredientlarini shaxsiy o‘zlashtira olmaslik.

Dorilarning o‘zaro ta’siri:

Maxsus ehtiyotkorliklar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar:

Maxsus ehtiyotkorliklar yo‘q.
Preparat transport va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi:

Aniqlanmagan.
Doza oshirib yuborilgan hollarda davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli:

Suppozitoriy blisterda va tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti:

25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati:

2 yil.
Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dorixonalarda berilish tartibi:

Retseptsiz.

Ishlab chiqaruvchi:

UNION MED FARM MChJ. O‘zbekiston Respublikasi.
Andijon viloyati, Andijon shahri, Shimoliy sanoat ko‘chasi, 7-uy.