O‘zbekchaРусскийEnglish

Humo Pharm sahifasiga qaytish

Mollify Kids — sirop, Genius Pharm
Mollify Kids — sirop, Genius Pharm

sirop

Mollify Kids

Sedativ Vosita

Ishlab chiqaruvchi
Genius Pharm
Qadoq hajmi
50
Bu mahsulot haqida so‘rash

Preparat haqida

TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMAMOLLIFY KIDS

Preparatning savdo nomi: Mollify Kids

Dori shakli: sirop

10 ml sirop tarkibi

Faol moddalar:

  • L-Karnitin — 60 mg

  • Vitamin B6 — 2 mg

  • Vitamin B2 — 2 mg

  • Vitamin PP — 3 mg

  • Vitamin B12 — 500 mkg

  • Hopanten kislotasi — 40 mg

  • Glitsin — 10 mg

  • Glutamin kislotasi — 40 mg

Farmakoterapevtik guruhi: vitaminlar va aminokislotalar kombinatsiyasidagi sedativ vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Mollify Kids — kompleks preparat bo‘lib, uning ta’siri tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan belgilanadi.

L-Karnitin yog‘ kislotalarini mitoxondriyalarga tashilishini osonlashtiradi, u yerda ular energiya ishlab chiqarish uchun ishlatiladi, shu orqali jismoniy faollik va chidamlilikni oshiradi.

B guruhi vitaminlari (B6, B2, PP, B12) moddalar almashinuvida va asab tizimining normal faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Ular neyrotransmitterlar sintezida ishtirok etadi hamda nerv impulslarining o‘tkazuvchanligi va kognitiv funksiyalarni yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek, teri va shilliq qavatlar salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Hopanten kislotasi yengil sedativ va nootrop ta’sirga ega bo‘lib, miya faoliyatini yaxshilash, xavotir va yuqori qo‘zg‘aluvchanlikni kamaytirish, xotira va diqqatni yaxshilashga yordam beradi.

Glitsin tinchlantiruvchi ta’sirga ega aminokislota bo‘lib, asab tizimidagi metabolik jarayonlarni normallashtirishga va uyquni yaxshilashga yordam beradi.

Glutamin kislotasi normal miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi muhim neyrotransmitter bo‘lib, kognitiv qobiliyatlar, xotira va diqqatni yaxshilashga yordam beradi.

Qo‘llanilishi
  • Bolalarda uyqu buzilishlari va yuqori xavotir holatlarida.

  • Yuqori qo‘zg‘aluvchanlik va asabiy zo‘riqishda.

  • Diqqatning pasayishi, xotira buzilishi va o‘qish samaradorligining pasayishida.

  • Stress holatlari va asabiy holdan toyishning davolash va oldini olishda.

  • Kuchli aqliy va jismoniy faoliyat davrida asab tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun.

  • Kognitiv funksiyalarni, jumladan xotira, diqqat va fikrlash jarayonlarini yaxshilash uchun.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat og‘iz orqali qabul qilinadi. Ishlatishdan oldin flakonni yaxshilab chayqatish kerak. Siropni ovqatdan 10 daqiqa oldin qabul qilish lozim.

  • 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 2 ml dan kuniga 2 mahal.

  • 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 3,5 ml dan kuniga 2 mahal.

  • 4 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 5 ml dan kuniga 2 mahal.

  • 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 7 ml dan kuniga 2 mahal.

  • 12 yoshdan katta bolalar va kattalar: 10 ml dan kuniga 2–3 mahal.

Tavsiya etilgan davolash davomiyligi shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.

Sedativ vosita.

Nojo‘ya ta’sirlari

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda teri toshmasi va qichishish kabi allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Agar biron-bir nojo‘ya reaksiya yuzaga kelsa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat tarkibidagi har qanday komponentga individual intolerans (yuqori sezuvchanlik).

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Boshqa dori vositalari bilan maxsus ehtiyot choralarini talab qiluvchi yoki klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta’sirlar aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat transport vositalarini boshqarish yoki boshqa potensial xavfli mexanizmlarni ishlatish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi, chunki u kuchli uyquchanlik yoki psixomotor reaksiyalarning sekinlashishiga olib kelmaydi.

Dozani oshirib yuborish

Mollify Kids preparatining dozasi oshirib yuborilgan holatlar aniqlanmagan.

Tavsiya etilgan dozadan sezilarli darajada yuqori miqdor tasodifan qabul qilingan taqdirda simptomatik davolash va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Chiqarilish shakli

50 ml hajmdagi flakondagi sirop. Flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Qadoqda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparatni qo‘llamang.

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz beriladi.

Ishlab chiqaruvchi

“GENIUS PHARM” MChJ

O‘zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Andijon shahri, Shimoliy Sanoat ko‘chasi, 7-son.