sirop
Tivardol
metobolizmga ta'sir qiluvchi vosita
- Ishlab chiqaruvchi
- Genius Pharm
- Qadoq hajmi
- 500 mg
Preparat haqida
TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA
TIVARDOL
Savdo nomi: TIVARDOL
Dori shakli: sirop
100 ml sirop tarkibi
Faol modda: Arginin — 500 mg
Yordamchi moddalar: natriy benzoat, kaliy sorbat, natriy saxarinat, tozalangan suv.
Farmakoterapevtik guruhi
Moddalar almashinuviga ta’sir qiluvchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Arginin — oqsil sintezi, moddalar almashinuvini normallashtirish va yurak-qon tomir tizimi salomatligini saqlash uchun zarur bo‘lgan aminokislotadir. Organizmni detoksifikatsiya qilishga, jigar faoliyatini yaxshilashga, qon aylanishini kuchaytirishga, immunitetni oshirishga va o‘sish gormoni ishlab chiqarilishiga yordam beradi.
Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar
· Jigar kasalliklari (gepatit, sirroz);
· Yurak-qon tomir tizimi buzilishlari;
· Jismoniy va aqliy ish qobiliyatining pasayishi;
· Jismoniy yuklamalardan keyin tiklanishni tezlashtirish uchun;
· Moddalar almashinuvi va detoksifikatsiya jarayonlarining buzilishi;
· Stress va surunkali charchoq.
Qo‘llash usuli va dozasi
Preparat ichga qabul qilinadi. Ishlatishdan oldin sirop solingan flakonni yaxshilab chayqatish kerak.
Tavsiya etilgan doza — kattalar: 5–10 ml siropdan kuniga 2–3 mahal.
Bolalar (3 yoshdan): 2,5–5 ml siropdan kuniga 2 mahal.
Siropni oz miqdordagi suv bilan ichish yoki ovqatdan oldin qabul qilish mumkin. Davolash kursining davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi, odatda 1–4 hafta.
Nojo‘ya ta’sirlari
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
· Preparat komponentlariga individual intoleransiya;
· Buyrak yetishmovchiligining og‘ir shakllari;
· Homiladorlik va emizish davri (shifokor tavsiyasiga ko‘ra);
· 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (shifokor bilan maslahatlashish kerak).
Dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri
Maxsus ehtiyot choralar talab etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Maxsus ehtiyot choralar talab etilmaydi. Preparat avtotransport va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Yurak, buyrak yoki jigar kasalliklari surunkali kechadigan bemorlar preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.
Dozani oshirib yuborish
Dozani oshirib yuborish holatlari aniqlanmagan.
Dozani oshirib yuborish holatlarida davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
100 ml flakon, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qadoqda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llanilmasin.
Dorixonalarda berilish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
OOO “GENIUS PHARM”
Andijon viloyati, Andijon shahri, Sanoat ko‘chasi № 7.