malham
Eneferon
Grip va ORVI ga qarshi vosita
- Ishlab chiqaruvchi
- Union Pharm
- Qadoq hajmi
- 10
Preparat haqida
ENEFERON
TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMA
O‘zbekcha — Ferogen
Dori shakli:
Suppozitoriy
1 суппозitoriy tarkibi:
· Vitamin C — 100 mg
· Jenshen ekstrakti — 50 mg
· Limon ekstrakti — 30 mg
· Kalendula ekstrakti — 30 mg
· Mavrak ekstrakti — 30 mg
· Mingbarg ekstrakti — 20 mg
Farmakoterapevtik guruhi:
O‘tkir respirator kasalliklarni simptomatik davolash uchun o‘simliklardan kelib chiqqan vosita
Farmakologik xususiyatlari:
Vitamin C — muhim antioksidant bo‘lib, immun tizimini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. U kollagen sintezini rag‘batlantiradi, to‘qimalarning tiklanishini yaxshilaydi, fermentlarni faollashtiradi, moddalar almashinuvida ishtirok etadi va qon tomirlari devorlarini mustahkamlashga yordam beradi. Vitamin C organizmning viruslar va bakteriyalarga qarshi javobini kuchaytirib, shamollash kasalliklarining oldini olishga va tuzalish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi.
Jenshen ekstrakti — adaptogen va stimullovchi xususiyatlari bilan mashhur. U umumiy hayotiy energiyani oshiradi, jismoniy va aqliy ish qobiliyatini yaxshilaydi, immun tizimini mustahkamlaydi va organizmga stress holatlariga bardosh berishga yordam beradi. Jenshen ekstrakti organizmning himoya kuchlarini faollashtiradi, hujayra immunitetini yaxshilaydi va infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi.
Limon ekstrakti — vitamin C, flavonoidlar, organik kislotalar va efir moylari manbai hisoblanadi. U antioksidant va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, moddalar almashinuvi jarayonlarini yaxshilaydi va organizmni detoksikatsiya qilishga yordam beradi. Limon ekstrakti antiseptik va antibakterial ta’sir ko‘rsatib, shamollash kasalliklarining belgilarini yengillashtirishga yordam beradi.
Kalendula ekstrakti — kuchli antiseptik, yallig‘lanishga qarshi va tiklanishga yordam beruvchi xususiyatlarga ega. U yallig‘lanishni kamaytirib, to‘qimalarning tiklanishini tezlashtiradi va og‘riqni kamaytiradi. Kalendula yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishida qo‘llaniladi, shamollash va yallig‘lanish kasalliklarida umumiy holatni yaxshilaydi.
Mavrak ekstrakti — antiseptik, yallig‘lanishga qarshi, antibakterial va og‘riq qoldiruvchi xususiyatlarga ega. U yallig‘lanishni kamaytiradi va yengil tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Mavrak bakteriyalar va viruslarga qarshi samarali kurashadi, shilliq ajralmalarining chiqishini yaxshilaydi, bu shamollash va grippda yordam beradi.
Mingbarg ekstrakti — yallig‘lanishga qarshi, antiseptik va gemostatik (qon to‘xtatuvchi) ta’sirga ega. U organizmdagi yallig‘lanishni kamaytiradi, qon aylanishini yaxshilaydi va to‘qimalarning tiklanishini rag‘batlantiradi. Mingbarg yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi, immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi va organizmning umumiy qarshilik qobiliyatini yaxshilaydi.
Qo‘llanilishi:
· Shamollash kasalliklari (O‘RVI, gripp, tumov)
· Immun tizimining pasayishi
· Yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklari
· Shamollash kasalliklari epidemiyasi davrida organizmni qo‘llab-quvvatlash
Qo‘llash usuli va dozalari:
Rektal qo‘llash uchun. Qo‘llashdan oldin qo‘llarni va bolaning anal sohasini yaxshilab yuving. Suppozitoriy to‘g‘ri ichakka yuboriladi. 1–6 yoshli bolalar: 1 suppozitoriydan kuniga 1 mahal. 7–12 yoshli bolalar: 1 suppozitoriydan kuniga 1–2 mahal. 12 yoshdan katta bolalar: 1 suppozitoriydan kuniga 2 mahal.
Nojo‘ya ta’sirlari:
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Preparat ingredientlarini individual o‘zlashtira olmaslik.
Dorilarning o‘zaro ta’siri:
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar:
Maxsus ehtiyotkorliklar yo‘q. Preparat transport vositalarini va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi:
Aniqlanmagan. Doza oshirib yuborilgan hollarda davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli:
Suppozitoriy blisterda, tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga karton qadoqda.
Saqlash sharoiti:
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati:
2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalarda berilish tartibi:
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Union Farm », Andijon viloyati, Andijon sh., Shimoliy Sanoat ko‘chasi № 7